Ichida 3000 ta avtomobil bo‘lgan kema dengizda yonib ketdi
Kecha, 26 iyul kuni Niderlandiyaning Ameland orolidan 30 kilometr uzoqlikda, Shimoliy dengiz suvlarida avtomobil tashuvchi kema yonib ketdi.
Yong‘in natijasida bir ekipaj a’zosi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobillarning aksariyati «Mersedes-Benz», jumladan, elektromobil va premium avtomobillar bo‘lgan.
Taxminlarga ko‘ra, yong‘in bir elektromobildan chiqib, boshqa avtomobillarga o‘tgan. Ekipaj a’zolari o‘z kuchlari bilan yong‘inni o‘chirishga harakat qilishgan, ammo natija bo‘lmagan.
Tirik qolgan ekipaj a’zolari Niderlandiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining qayiqlari va vertolyotlari yordamida evakuatsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter