Hindistonda turarjoy binosi qulab tushdi: 11 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Mumbay shahrida turarjoy binosi qulashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Yana 18 nafar fuqaro jarohatlangan, deya xabar bermoqda «NDTV».
Fojia xaroba mahallada yuz bergan. Hali ham vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, hukumat yaroqsiz ahvolda bo‘lgan uch qavatli bino aholisini evakuatsiya qildi.
Halokatga binoni suv bosishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hindistonning g‘arbiy sohilida yomg‘irli mavsum boshlanmoqda, Mumbayda bu yil birinchi musson yog‘inlari qayd etilgan.
Avvalroq Janubiy Koreyada besh qavatli bino avtobus ustiga qulab tushgani oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani va sakkiz kishi jarohat olgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter