Hindistonda konsert paytidagi tiqilinchda to‘rt talaba halok bo‘ldi
25-noyabr, shanba kuni Hindistonning Kerala shtati Kochin shahridagi universitetda bo‘lib o‘tgan musiqa festivali chog‘ida katta tiqilinch yuzaga keldi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan, 60 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda Press Trust of India politsiya va mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bermoqda.
Agentlikning qayd etishicha, tiqilinch 2 ming kishilik olomonning to‘satdan boshlangan yomg‘irdan qochib, zinapoya orqali universitet zallaridan biriga ko‘tarilish paytida sodir bo‘lgan.
«To‘rt nafar talaba, jumladan, ikki o‘g‘il va ikki qiz halok bo‘ldi», – deya xabar beradi agentlik davlat sog‘liqni saqlash vaziri Vini Jorjning so‘zlariga tayanib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter