Hindistonda dafn marosimi paytida 22 kishi vafot etdi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Muradnagar shahrida dafn marosimida ishtirok etgan 22 kishi krematoriya tomi qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar berdi NDTV.
O‘nlab odamlar vayronalar ostida qolib ketganligi aniqlandi. Qutqaruv operatsiyasi davomida 38 kishi olib chiqildi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlari xodimlari, mahalliy politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar vayronalarni tozalashda davom etmoqdalar. Chunki ularning ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan va tegishli yordam ko‘rsatilgan.
Hindiston Prezidenti va Bosh vaziri «Twitter»da hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Uttar-Pradesh shtati bosh vaziri Yogi Adityanatx ham ta’ziya izhor etdi va har bir qurbonning oilalariga 200 ming rupiy (2,7 ming dollar) miqdorida moddiy yordam ko‘rsatishni buyurdi.
Shuningdek, Adityanatx mahalliy hokimiyat idoralariga hodisa sabablarini tekshirishga va hisobot topshirishga ko‘rsatma bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter