Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 25 kishi avtobusda tiriklayin yonib ketdi

Hindistonda 25 kishi avtobusda tiriklayin yonib ketdi

Hindistonning Maxarashtra shtatidagi trassada avtobus yonib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Ani axborot agentligi ma’lumot bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan tungi ikkilarda sodir bo‘lgan.

Buldxon shahri politsiyasi vakili Baburao Mahamunining aytishicha, avtobusda jami 32 kishi bo‘lgan, ulardan 9 nafari yonayotgan mashinadan qutqarib olingan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring