Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston tovon puli to‘laydigan bo‘ldi

Hindiston tovon puli to‘laydigan bo‘ldi

Foto: «BBC-News»

Hindiston hukumati COVID-19 tufayli har bir o‘lim uchun 50 ming rupiy (674 dollar) miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu haqda BBC-News xabar bermoqda.

Endi koronavirusdan vafot etganlarning qarindoshlari ariza topshirilgandan keyin bir oy ichida to‘lovni olishlari mumkin. U turli xayriya dasturlari bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan miqdordan ortiq bo‘ladi.

Bunday yordam Hindiston fuqarolari uchun Oliy sud qaroridan so‘ng qo‘lga kiritildi. Ma’muriyat yaqinlarini yo‘qotgan har bir kishi Hindistonning tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq kompensatsiya olish huquqiga ega ekanligini tan oldi.

Hozirgi vaqtda Hindistonda COVID-19 tufayli 447 mingdan ortiq o‘lim rasman qayd etilgan. Biroq, mutaxassislarning fikricha, pandemiya tufayli 10 barobar ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar o‘lim darajasining haddan tashqari ko‘pligini o‘rganib chiqib, turli xulosalarga kelishdi.

To‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘lgan Hindiston shtatlari hukumatlari bu sub’yektlar budjetiga jiddiy zarba bo‘lishini aytmoqda. Ular federal hukumatni xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga va davlat budjetidan mablag‘ ajratishga chaqirmoqda.

Iyul oyida Hindistonda koronavirus pandemiyasi paytida vafot etganlar soni rasmiy ma’lumotlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. AQShning global taraqqiyot markazi tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvaridan 2021 yil iyunigacha Hindistonda odatdagidan 3-4,7 million ko‘proq odam olamdan o‘tgan. O‘limlarning aksariyati koronavirus infeksiyasi tufayli sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, COVID-19 asoratlari qurbonlari soni aniq emas, lekin ular e’lon qilingan ma’lumotlardan yuqori.

O‘z navbatida markaziy hukumat o‘lim darajasini ataylab kamaytirib ko‘rsatishga aloqasi yo‘qligi aytildi.

«Agar hisobot kamaytirib ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu hukumat emas, balki shtatlar zimmasida. Biz faqat shtatlardan ma’lumotlarni yig‘amiz va e’lon qilamiz», — dedi sog‘liqni saqlash va oilaviy farovonlik vaziri Mansux Mandaviya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring