Hindiston poytaxtida juda kuchli jazirama kuzatilmoqda
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 52,3 °C ga yetgan rekord darajadagi harorat tufayli favqulodda ogohlantirish e’lon qilindi.
Bu haqda mahalliy Amal Ujara gazetasi meteorologiya departamentiga tayanib xabar berdi.
«Yangi Dehlidagi issiqlik har kuni yangi rekordlarni o‘rnatmoqda», deyiladi materialda.
Nashrning yozishicha, qizil darajadagi ogohlantirish vaqtida fuqarolarga zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslik tavsiya etiladi. Poytaxtning Mungeshpur tumanida eng issiq harorat qayd etilgan.
Ob-havo departamenti prognozlariga ko‘ra, shaharda jazirama yaqin orada davom etadi va havo harorati faqat ko‘tariladi.
Avvalroq O‘zbekistonda yozning birinchi oyida ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter