Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydarobodda yovvoyi to‘ng‘izlar 4 yoshli bolakayni g‘ajib tashlashdi

Haydarobodda yovvoyi to‘ng‘izlar 4 yoshli bolakayni g‘ajib tashlashdi

Foto: «Reuters»

Hindistonning Telangana shtati Haydarobod shahrida 4 yoshli bolakay yovvoyi to‘ng‘izlar hujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda «The Times of India» gazetasi mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

21-aprel kuni politsiya mahkamasiga Keshya familiyali odam qo‘ng‘iroq qildi. Uning aytishicha, o‘g‘li uyning atrofida o‘ynab yurganida bir nechta yovvoyi to‘ng‘iz unga hujum qilgan. Quturgan hayvonlar bolani axlatxonaga sudrab olib ketishgan va o‘sha yerda g‘ajib tashlashgan. Bolakayni shifoxonaga olib borishgan va jonlantirishga urinib ko‘rishgan. Biroq u allaqachon hayotdan ko‘z yumgandi.

Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Bolakayning murdasi ham o‘rganilmoqda.

«The Sun»ning ma’lum qilishicha, mahalliy aholi hukumatga atrofdagilarga xavf solayotgan yovvoyi to‘ng‘izlar ustidan bir necha marta arz qilishgan. Shunga qaramay, hech qanday chora ko‘rilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring