Havoda kim kuchli: Rossiya, Xitoy yoki AQSh?
Kanadaning Aeroemploi portali Yer yuzidagi eng qudratli havo kuchlariga ega davlatlar ro‘yxatini tuzdi.
Reytingda birinchi o‘rinni turli modifikatsiyadagi uch mingdan ortiq samolyotlar bilan qurollangan Amerika harbiy havo kuchlari egalladi. Maqola mualliflari ta’kidlaganidek, AQSh dunyodagi eng yaxshi jihozlangan va texnologik jihatdan ilg‘or jangovar samolyotlarga ega.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 1900 ta samolyot bilan Rossiya Aerokosmik kuchlari egalladi. Qayd etilishicha, 30 yil davomida Rossiya bu sohada sezilarli muvaffaqiyatga erisha oldi: Aerokosmik kuchlar Su-35, Su-34 kabi qiruvchi samolyotlar bilan qurollangan. Shuningdek, Moskva yangi avlod strategik bombardimonchi-raketa tashuvchi PAK DA loyihasini ishlab chiqmoqda.
1949-yilda Sobiq Ittifoq yordamida tashkil etilgan Xitoy aviatsiyasi kuchli uchlikdan joy oldi. Ruslar xalq ozodlik armiyasining uchuvchilarini tayyorlagan. Bundan tashqari, ular Koreya urushidagi (1950-1953) janglarda toblanishgan. 1980-yillarda mamlakat harbiy-havo kuchlari turli texnologik qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, ammo hozirda yanada samaraliroq bo‘lish uchun chuqur islohotlardan o‘tmoqda.
Sayyoramizning eng kuchli harbiy aviatsiyalari ro‘yxatiga Hindiston, Misr, Pokiston, Turkiya va Janubiy Koreya havo kuchlari ham kiritilgan. 400 dan ortiq samolyot parkiga ega Germaniya reytingda o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter