Halok bo‘lgan operatorning oilasi Bolduinni sudga berdi
Suratga olish maydonchasidagi hodisa oqibatida halok bo‘lgan operator Galina Hatchinsning oilasi «Zang» filmi mas’ullarini sudga berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning oktyabrida filmni suratga olish jarayonida taniqli aktyor Alek Bolduin quroldan o‘q uzishi oqibatida operator ayol Galina Hatchins og‘ir jarohat olgan va shifoxonada olamdan o‘tgandi. Anglashilmovchilik sabab repetitsiya chog‘i Bolduin qo‘lidagi qurolda bo‘sh patronlar o‘rnida jangovar patronlar bo‘lgan.
Operatorning oilasi ushbu film bosh roli ijrochisi va prodseri Alek Bolduin va boshqa mas’ullarni qasddan qilinmagan qotillikda aybladi, deyiladi «Forbes» xabarida.
«Javobgar Bolduin va prodyuserlar «Zang» suratga olish maydonchasida o‘qotar qurol bilan muomala qilishda muammolar borligini bilishgan va 2021-yilning 21-oktyabrida o‘qotar qurolni ishlatishda xavfsizlik texnikasi asosiy qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash uchun vaziyatni o‘nglash bo‘yicha kerakli chora ko‘rishmagan», — deyila da’vo arizasida.
Hatchinslarning advokati «loqaydlik va xarajatlarni qisqartirish» operatorning o‘limiga sabab bo‘lgan, deb hisoblamoqda.
Ayni paytda hodisa yuzasidan Santa-Fe sherifi va prokuraturasi tergov olib bormoqda, Alek Bolduin voqeada o‘zini aybdor deb hisoblamayati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter