Alek Bolduin operatorni o‘ldirib qo‘ydi
Mashhur Gollivud aktyori Alek Bolduin suratga olish maydonchasida operator ayol va rejissyorni otib qo‘ydi. Hodisa Nyu-Meksiko shtatining Santa-Fe okrugida «Zanglagan» filmini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, aktyor ssenariyga ko‘ra quroldan o‘q uzishi kerak bo‘lgan, rekvizit uchun tayyorlangan qurol esa haqiqiy o‘q-dorilar bilan o‘qlangan bo‘lib chiqqan.
Hodisa natijasida operator ayol Alina Xatchins va rejissyor Joel Sous yaralangan. Ayol havo transporti orqali Albukerke shahri kasalxonasiga yotqizilgan, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramay vafot etgan. Ikkinchi o‘q rejissyorning bo‘yin suyagiga teggan, hozirda u kasalxonada.
Okrug sherifi vakilining ma’lum qilishicha, hozircha Alek Bolduinga nisbatan ayblov e’lon qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter