Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayotga ko‘chgan triller: «Zang» filmining yana bir qatnashchisi xavf ostida

Hayotga ko‘chgan triller: «Zang» filmining yana bir qatnashchisi xavf ostida

Nyu-Meksiko (AQSh)dagi «Zang» filmini suratga olish maydoni.

Foto: twitter.com/tracklist

AQShda «Zang» filmini suratga olish jarayonida taniqli aktyor Alek Bolduin kinooperator Galina Hatchinsni bexosdan otib qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Kinotriller hayotga ko‘chgandek: Hatchins fojiasidan so‘ng dekoratsiyalarni yig‘ishtirib olish chog‘ida chiroq ustasi Jeyson Millerning qo‘lini zaharli darvesh-o‘rgimchak chaqib olgan. U qo‘lidan ayrilib qolishi mumkin, deb yozmoqda «Sky News».

Xabarga ko‘ra, bir necha kundan so‘ng Millerga o‘rgimchak chaqqanidan keyingi jiddiy simptomlar azob berishni boshlagan, xususan, qo‘l nekrozi va sepsis.

Bir nechta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan: shifokorlar Millerning tanasi bo‘ylab zaharning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning qo‘lini saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring