Germaniyada ikki rus josusi qo‘lga olindi
Germaniya hududida Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Der Spiegel nashri prokuraturaga asoslanib xabar berdi.
Tergov talqiniga ko‘ra, bu shaxslar qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Qo‘lga olinganlar Amerika bazalarini kuzatuvga olishgan va harbiy transport yo‘nalishlariga hujumni rejalashtirishgan, deb yozdi nemis nashri. Qolaversa, ular ukrainalik tankchilar tayyorlanayotgan Grafenver bazasini ham kuzatuvga olishgan, to‘plagan ma’lumotlarini Rossiya tomoniga jo‘natib turishgan.
Har ikki shaxs Bayroyt shahrida ushlangan. Birining ismi Diter S. — 39 yoshda, ikkinchisi Aleksandr J — 37 yoshda. Politsiya ma’lumotida ularning biri Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan 2023-yilda yollangani aytiladi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, u DXR tomonida turib jangovar harakatlarda qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter