Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo sektorida qancha odam qurbon bo‘lgani ochiqlandi

G‘azo sektorida qancha odam qurbon bo‘lgani ochiqlandi

G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Isroil armiyasining bombardimonlari natijasida jarohatlanganlar soni 5300 nafarga, halok bo‘lganlar soni yesa 1100 nafarga yetganini ma’lum qildi. 

«1100 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 5339 nafari turli darajadagi og‘irlikdagi jarohatlar oldi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida jarohatlanganlarning kamida 60 foizi ayollar va bolalar ekanligini ma’lum qilgandi. Vazirlik boshqa tafsilotlarga aniqlik kiritmayapti.

7-oktyabrdan beri Isroil va Falastin o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Isroil HAMAS hujumiga javob sifatida Falastinning G‘azo hududiga bomba yog‘dirishda davom etyapti. 

Euronews  xabariga ko‘ra, G‘azodagi barcha shifoxonalar to‘lib ketgan, o‘likxonalarda ham joy qolmagan.

Avvalroq to‘qnashuvlar oqibatida 700 nafar falastinlik halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring