Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaiti prezidenti saroyiga qurollangan shaxslar hujum qildi

Gaiti prezidenti saroyiga qurollangan shaxslar hujum qildi

Bugun, 9 mart kuni qurollangan shaxslar Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi bir nechta hukumat binolariga, jumladan, prezident saroyiga hujum qildi.

Gaiti jinoiy guruhlari Port-o-Prensdagi yoki unga yaqin joylashgan bir nechta hukumat binolariga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi, deb xabar berdi ABC telekanali.

Qayd etilishicha, prezident saroyi, Ichki ishlar vazirligi va militsiya bo‘limi binolariga hujum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gaitidagi jinoiy guruhlar qamoqxonadagi 4000 mahbusni ozodlikka chiqarib yuborgandi. Ular mamlakatning katta qismini nazorat qiladi va bosh vazir Ariyel Genrini lavozimidan chetlatishga harakat qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring