Qaysi mamlakatlarda hali ham qullik mavjud?
Bugungi kunga kelib, barcha davlatlarda quldorlikka qarshi qonunlar qabul qilingan bo‘lishiga qaramay, ba’zi mamlakatlarda qullik hamon saqlanib qolgan. Global slavery index ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo miqyosida 40 milliondan ortiq odam qullikdan azob chekadi. Ularning barchasi majburiy nikoh yoki majburiy mehnatga jalb qilingan.
Ko‘pchilik uchun bu vahshiylikdek tuyulganiga qaramay, ba’zi mamlakatlarda qullik mutlaqo normal amaliyot hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlarning bunday qonunchilikka ta’sir o‘tkazishga urinishlariga qaramay, muammo hal etilmagan. Gap shundaki, quldorlikni tashkil etish, asosan, qonunni hurmat qilmaydigan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Quyida sizga rasman qulliq bekor qilingan, biroq hozirgi kungacha ba’zi odamlar qul bo‘lib qolayotgan davlatlar haqida aytib o‘tamiz.
Mavritaniya
Bu mamlakat qullikni oxirgilardan bo‘lib, 1981 yilda bekor qilgan. Biroq, qonunan bekor qilinganiga qaramay, mamlakatda bugungi kungacha quldorlik mavjud. Mamlakatdagi qullar soni, turli manbalarga ko‘ra, 600 ming kishini tashkil etadi. Bu mamlakat aholisining 20 foizi va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu yerda ayollar ham, bolalar ham qullikda saqlanish holati uchraydi.
Mavritaniya hukumati mamlakatda qullar borligini inkor etadi. Biroq, qul egalari vaqtinchalik yechimlardan foydalanadilar. Gap shundaki, Mavritaniyada odamlarga egalik qilish taqiqlangan, ammo ularni mehnatga majburlash taqiqlanmagan.
Qoidaga ko‘ra, bu yerda qullar chorvachilik, uy ishlari bilan shug‘ullanadilar. Qullar avloddan avlodga meros bo‘lib qoladi: ularning bolalari xo‘jayinlarning bolalariga tegishli. Biror kishi ozod qilingan taqdirda ham, u aslida egasiga moliyaviy qaram bo‘ladi.
Gaiti
Gaitida ham qonun doirasida qullik yo‘q, aholining qashshoqligi tufayli hech kim statistika yuritmaydi. Ko‘pgina hududlarda mahalliy aholi vakili bo‘lmaganlar kirishdan qo‘rqishadi, chunki ular gettodan ham yomonroq ko‘rinadi va u yerda begonalarga jangarilarcha munosabatda bo‘lishadi.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat aholisining taxminan 6 foizi qullikda bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi turli jinoiy guruhlar tomonidan nazorat qilinadi.
Ko‘p odamlar qarzdorlik tufayli qullikka tushib qolishadi. Jinoiy guruhlar kambag‘allarga ataylab pul berishadi, keyin esa, agar ular pulni qaytara olmasalar qullikka olib ketishadi. Gaitida bolalar uchun og‘ir majburiy mehnat ham juda keng tarqalgan.
Gaitida kambag‘al ota-onalar farzandini badavlat oilaga xizmat qilish uchun beradigan Restavek tizimiga ega. Shu yo‘l bilan u yaxshi sharoitda yashab, ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb ishoniladi. Aslida, bolalar uy xizmatkori bo‘lib xizmat qilishadi va og‘ir jismoniy hissiy zo‘ravonlikni boshdan kechirishadi.
Aholining qashshoqligi ortib borayotgani sababli restaveklar soni yil sayin ortib bormoqda. Butun mamlakat bolalarining 25 foizi ushbu tizimga jalb qilingan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi qizlardir.
Pokiston
Rasmiy ravishda Pokistonda ham boshqa mamlakatlardagi kabi qullik taqiqlangan, biroq u yerda ikki milliondan sakkiz milliongacha qul yashashi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ko‘pincha Pokistonda qullik qarz majburiyati kabi ishlaydi. Odam qarzlarni qoplash uchun qarz beruvchiga xizmat qilishga majbur bo‘ladi, lekin doimiy ravishda qarz miqdori kattalashib boradi. Agar qul qochib ketsa, u qidiruvga qo‘yiladi va keyin qidiruvga sarflangan pul qarzga qo‘shiladi. Qarz meros bo‘lib qoladi, shuning uchun bolalar ko‘pincha ota-onalari o‘rniga qul bo‘lishadi.
Xalqaro tashkilotlar qochishga muvaffaq bo‘lganlarni joylashtirish uchun maxsus lagerlar tashkil qilgan. Biroq, u yerda ham qullar o‘zlarini xavfsiz his qilishmaydi, chunki ularning sobiq xo‘jayinlari ularni o‘g‘irlashlari va o‘zlariga qaytarishlari mumkin.
Pokistonda kambag‘al oilalarning qizlari ayrim hollarda qullikka tushib qolishadi. Noma’lum erkak uy ostonasiga kelib, ota-onasi oldida sevgilisiga turmush qurishni taklif qiladi. U oltin tog‘larni va’da qiladi. Qiz rozi bo‘lgach, uni olib ketadi va u erkaklarga xizmat qiluvchi boshqa ayollar bilan birga qul bo‘lib qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter