Sobiq senator Gaiti prezidentini o‘ldirishda ayblanib qamoqqa olindi
Yamayka hukumati Gaiti prezidenti Jovenel Moizening o‘ldirilishida asosiy gumonlanuvchi bo‘lgan sobiq senatorni hibsga oldi. Bu haqda BBC News ma’lum qildi.
«Jon Joel Jozef juma kuni hibsga olindi»,— degan Yamayka politsiyasi vakili Dennis Bruks.
Ko‘p o‘tmay, Milliy politsiya boshlig‘i Leon Charlz Jozef yollanma askarlarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, uchrashuvlar rejalashtirayotganini aytgan. Gaiti politsiyasi tergov hisobotida aytilishicha, Gaitilik sobiq senator «o‘zining prezidentga suiqasd uyushtirish istagida katta rol o‘ynagan», deb yozgan Miami Herald.
Prezident Moize o‘tgan yilning 7iyuliga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida o‘ldirilgan, rafiqasi yaralangan edi.
Suiqasd qilishda 28 gumonlanuvchi aniqlagan, ulardan 26 nafari Kolumbiya fuqarolari bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter