Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Turkmanistonda prezident saylovi o‘tkaziladi

Ertaga Turkmanistonda prezident saylovi o‘tkaziladi

Foto: «Turkmenportal»

Turkmaniston prezidentligi uchun saylovda muddatidan oldin ovoz berish yakunlandi. Xilof xatti-harakatlar, shikoyatlar kuzatilmadi. Bugun ovoz berish yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda Turmaniston MSK raisi Gulmurod Murodov shuni ma’lum qildi.

Muddatidan avval ovoz berishda umumiy saylovchilarning 5,5 foizi qatnashdi.

Ertaga, 12-mart — Turkmanistonda prezident saylovining asosiy kuni. Mamlakatni boshqarishga 9 nafar nomzod da’vogar.

G‘oliblik uchun asosiy nomzod 40 yoshli Sardor Berdimuhamedov — Turkmaniston bosh vazirining o‘rinbosari hamda amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring