Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda 8 nafar IShID a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Eronda 8 nafar IShID a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Foto «RIA Novosti»

O‘tgan yili Eron parlamentiga hujum uyushtirgan 8 nafar IShID a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Eron davlat televideniyesiga intervyu bergan Tehron sudi boshlig‘i Gazanfar Abodiy o‘tgan yili Eron parlamentiga hujum uyushtirgan 8 nafar IShID a’zosi o‘lim jazosiga mahkum etilganini aytdi.

Yana 18 nafar IShID a’zosi bo‘lgan ayblanuvchining sudi davom etmoqda.

2017 yili Eron parlamenti hamda Oyatulloh Humayniyning qabri oldida bomba portlatilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring