Yerevanda kuchli zilzila kuzatildi: odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘lishdi

Armanistonda bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:29 da kuchli yer silkinishi yuz berdi. Zilzila markazi poytaxt Yerevandan 8 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
Yer osti silkinishlari bir necha soniya davom etgani aytilmoqda.
Armaniston FVVga ko‘ra, zilzila magnitudasi epitsentrda 6-7 ballni tashkil etgan. Yerevanda 5-6 ball, Aragatsotn, Ararat, Shirak, Armavir, Vayotsdzor viloyatlarida silkinish 3-4 ballga yetgan.
Tafsilotlar hozircha noma’lum. Yerevanda tabiiy hodisadan so‘ng mobil aloqada uzilish yuzaga kelgan. Yerevandagi baland uylarda yashovchilar ko‘chaga chiqishgan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter