Yer qa’rida 10 kvadrillion tonna olmos topildi
Bir necha oy avval Afrika janubidagi Lesoto davlatida topilgan olmos parchasi kimoshdi savdosida 40 million dollarga sotilgan edi. Tadqiqotchilar bunday olmos yer qa’rida juda mo‘l ekanini ma’lum qilishdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar seysmik to‘lqinlarni tahlil qilib, yerning 145 va 241 kilometr qa’rida 10 kvadrillion tonna olmos borligini kashf qilishdi.
Olimlar yer qa’rida teskari tog‘larga o‘xshash olmos tog‘lari borligini aytishmoqda.
Mutaxassislar «yer yadrosining 2 foizi olmosdan tarkib topgan» deya taxmin qilishmoqda.
«AGU Journal Geochemistry, Geophysics, Geosystems» jurnalida chop etilgan xabarda yozilishicha, yer qa’ridagi olmos miqdori 10 kvadrillion tonnadan ham ko‘p ekan.
Tadqiqotchilar guruhidan bo‘lgan «Massachusets Teknoloji» (MIT) instituti olimi Ulrix Faulning aytishicha, olmos avval o‘ylanganidek ekzotik emas, balki geologik nuqtai nazardan juda ommaviy ekan. Lekin bugun olmosni 240 kilometr chuqurlikdan qazib olish imkoni yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter