Eng yirik qora brilliant sotuvga qo‘yildi — «Enigma»
Sotheby’s kimoshdi savdolari uyi dunyodagi eng yirik — 555,55 karatli «Enigma» qora brilliantini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Brilliantning onlayn savdosi 3–9-fevral kunlari Dubayda o‘tkaziladi.
Nomi oshkor qilinmagan egasi olmosni 1999 yoki 2000-yilda ishlov berilmagan shaklda sotib olgan. O‘shanda qimmatbaho toshning og‘irligi 800 karatdan oshgan, qora brilliantga ishlov berishga yillar sarflandi va unda 55 ta qirra paydo bo‘ldi.
Sotheby’s ma’lumotiga ko‘ra, bu dunyodagi ishlov berilgan eng yirik tabiiy qora brilliant. «Enigma» 2006-yilda Ginnessning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta ishlov berilgan olmos sifatida kirgandi.
«Enigma» zaxira narxisiz savdoga qo‘yiladi, ya’ni brilliantning bozor qiymatidan qat’i nazar, eng katta narxni taklif etgan xaridorga sotiladi. To‘lov vositasi sifatida kriptovalyuta qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter