Ekvadordagi falokat qurbonlari soni ortib bormoqda (foto)
Ekvadorda ko‘chki kamida 23 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 67 kishi bedarak yo‘qoldi, 38 kishi jarohatlandi.
Kuchli yomg‘ir yo‘llar, ko‘priklar va boshqa infratuzilmalarni vayron qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ko‘chki 26 martga o‘tar kechasi Andning Alausi shahrida sodir bo‘lgan. Biroq, halok bo‘lganlar haqidagi rasmiy ma’lumotlar endi paydo bo‘lmoqda, chunki qutqaruv ishlari iqlim va geografik omillar bilan murakkablashgan va haliyam yakunlanmagan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yer ko‘chkisidan 850 ga yaqin odam jabrlangan (shundan 67 nafari bedarak yo‘qolgan, 38 nafari jarohatlangan) va 57 ta bino vayron bo‘lgan.
Qutqaruv guruhlari katta miqdordagi tuproq bosib qolgan uylarga kirib borgani sayin qurbonlar soni o‘sib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter