Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspertiza Prigojinning o‘limi bo‘yicha bayonot berdi

Ekspertiza Prigojinning o‘limi bo‘yicha bayonot berdi

Molekulyar genetik ekspertiza natijalariga ko‘ra, Rossiyaning Tver viloyatidagi aviahalokatda halok bo‘lgan barcha 10 kishining shaxsi aniqlandi, ular parvoz varaqasida ko‘rsatilgan ro‘yxatga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘tgan chorshanba kuni «Vagner» harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin va uning yordamchisi Dmitriy Utkin bo‘lgan xususiy samolyot Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan chog‘ida halokatga uchragandi.

Parvoz varaqasiga ko‘ra, halokatga uchragan reys yo‘lovchilari Sergey Propustin, Yevgeniy Makaryan, Aleksandr Totmin, Valeriy Chekalov, Dmitriy Utkin, Nikolay Matuseyev va Yevgeniy Prigojin bo‘lgan.

Ekipaj a’zolari - komandir Aleksey Levshin, ikkinchi uchuvchi Rustam Karimov va styuardessa Kristina Raspopova bo‘lgan.

Prigojin shu yilning 24-iyun kuni Rossiyada harbiy isyon ko‘tarib omma e’tiboriga tushgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring