Yevgeniy Prigojin imi-jimida dafn etildi
«Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi Sankt-Peterburg qabristonlaridan birida bo‘lib o‘tdi.
23 avgust kuni Tver viloyatida shaxsiy samolyot halokatida halok bo‘lgan Prigojinning dafn marosimi begonalar uchun yopiq tarzda o‘tgan.
«Prigojin Yevgeniy Viktorovich bilan xayrlashuv begonalar uchun yopiq edi. U bilan xayrlashmoqchi bo‘lganlar Poroxovskoye qabristoniga tashrif buyurishlari mumkin», deyiladi xabarda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 29 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin dafn marosimida qatnashmasligini aytgandi.
Federal havo transporti agentligining 23 avgust kuni bergan bayonotida Prigojin bo‘lgan shaxsiy samolyotning qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter