Dunyodagi eng katta kruiz kemasi foydalanishga topshirildi
«Dengizlar mo‘’jizasi» (Wonder of the Seas) juma kuni kechqurun Fransiyaning Sen-Nazer portidagi Chantiers de l’Atlantique kemasozlik zavodidan jo‘nab ketdi.
Uni qurishga ikki yil vaqt ketdi. Hozir rasman dunyodagi eng katta kruiz kemasi hisoblanadi.
Endi ishni oxiriga yetkazish uchun u Marsel portidagi quruq dokda turadi. Mart oyi boshida Floridada Evergleyds portidan Sharqiy va G‘arbiy Karib dengizi bo‘ylab haftalik sayohatlarini boshlaydi.
Uning uzunligi 362 metr, kengligi 64 metr, og‘irligi esa 236 857 tonnani tashkil etadi.
Laynerda 20 ta restoran va 11 ta bar mavjud bo‘lib, ular 18 ta palubada 6988 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, 1912-yilda cho‘kib ketgan «Titanik» yo‘lovchi sig‘imi 2439 kishini tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter