Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya yaqinida migrantlar kemasi halokatga uchradi, 30 dan ortiq jasad topilgan

Italiya yaqinida migrantlar kemasi halokatga uchradi, 30 dan ortiq jasad topilgan

Italiya sohillari yaqinida yelkanli kema halokatga uchrashi oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deya xabar berdi Corriere della Calabria.

«Ioni dengizida, Kalabriya qirg‘oqlaridan 120 dengiz mili olisligida sodir bo‘lgan kema halokatidan so‘ng jami 34 kishining jasadi topilgan. 14 jasadni bugun kemalar ekipajlari suvdan chiqarib olgan», deb yozdi nashr.

Turkiyadan yo‘lga chiqqan ushbu yelkanli kema bortida kamida 60 kishi (migrantlar) bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kemada bo‘lgan 11 kishi qutqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring