Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar Nazarboyevni Elboshi maqomidan mahrum qilish uchun ovoz berdi

Deputatlar Nazarboyevni Elboshi maqomidan mahrum qilish uchun ovoz berdi

Qozog‘iston parlamenti deputatlari Nursulton Nazarboyevning Elboshi maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz berdi.

Qonun loyihasining to‘liq nomi «Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida» deya nomlanadi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan 90 nafar deputatning barchasi bir ovozdan qonun loyihasining kuchga kirishini qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida qabul qilingan «Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, mamlakat poytaxti nomi ham Nur-Sultondan Ostonaga o‘zgartirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring