Darig‘a Nazarboyeva koronavirusga chalindi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi va Senat sobiq raisi Darig‘a Nazarboyeva koronavirusga chalindi. Bu haqda uning yordamchisi Orda.kz portaliga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Nazarboyeva ayni damda Olmaotadagi uyida.
Qozog‘iston Majlisi (parlament quyi palatasi) matbuot xizmati ham Nazarbayevaning davolanish ta’tilida ekanligini va shuning uchun yig‘ilishda ishtirok etmaganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev birinchi prezident Nursulton Nazarboyev haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter