Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Darig‘a Nazarboyeva parlamentni tark etadi

Darig‘a Nazarboyeva parlamentni tark etadi

foto: zakon.kz

Darig‘a Nazarboyeva parlament deputati maqomidan voz kechishini ma’lum qildi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

«Bugun men parlament deputatligidan voz kechib, butun e’tiborimni ijtimoiy, gumanitar, madaniy va xayriya ishlariga qaratishga qaror qildim.

«Nur Otan» partiyasiga ovoz bergan qozog‘istonliklar, partiyadoshlarimiz va mamlakat rahbariyatiga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Fojiali yanvar voqealari Qozog‘iston xalqining birdamligisiz mamlakatda rivojlanish bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

Bo‘lib o‘tgan voqealar butun xalqimiz uchun katta fojia bo‘ldi.

Har bir hodisa chuqur va xolisona o‘rganilishi, aybdorlarning adolatli jazolanishi, begunohlar ozodlikka chiqishi zarur, deb hisoblayman.

Bu dahshat va qo‘rquvga to‘la fojiali kunlar anarxiya nimalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Vatanimizning buguni va kelajagi yo‘lida, uning milliy suvereniteti va mustaqilligini asrab-avaylash, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida jamiyatning hamjihatligini namoyon etishimiz zarur.

Men vatanim va uning manfaatlariga xizmat qilishda davom etaman.

Buning uchun esa lavozimlar kerak emas», — deyiladi deputat Darig‘a Nazarboyeva murojaatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring