OAV: Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi
Oysulton Nazarboyev 30 yoshida vafot etdi. Yuragi to‘xtab qolgani taxmin qilinmoqda.
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi va Senat eks-spikeri Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li Oysulton Nazarboyev 30 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda bugun, ya’ni 16- avgust kuni zakon.kz yangiliklar portali xabar bergan.
«Bugun oqshom Londonda Oysulton Nazarboyev vafot etdi. O‘limining sababi aniqlashtirilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, yuragi to‘xtab qolgan. Hozircha boshqa tafsilotlari ma’lum emas. 10 kundan so‘ng Oysulton Raxatovich 30 yoshni qarshilagan bo‘lardi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter