Burak O‘zchivit jarima bilan qutulib qoldi
«Muhtasham yuz yil» filmida bosh rolni ijro etgan aktyorga o‘zining takabburligi qimmatga tushadigan ko‘rinadi.
Burak O‘zchivit — mashhur turk aktyorining doimiy ravishda janjallarga o‘ralashishi natijasida obro‘siga jiddiy putur yetmoqda. Shunday holatlarning birida ish sudgacha yetib borgan.
O‘tgan yilning noyabr oyida navbatdagi serialni suratga olishda ishtirok etgan bir necha ijodkorlar san’atkor ustidan sudga murojaat qilishgan.
Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor o‘zini tajovuzkor tutgan, odobsizlarcha ularni haqorat qilgan va zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan.
Aktyor to‘rt yilga qamalishi mumkin edi, biroq sud prokurorning talabini rad etdi.
O‘zchivit jarima bilan qutulishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Milliyet nashri.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentda ham Burak O‘zchivit bilan bog‘liq noxush hodisalar sodir bo‘lgandi. Hatto bu uchun turk amaldori o‘zbekistonliklardan uzr so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter