Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit yana Toshkentga keladi

Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit yana Toshkentga keladi

Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida mehmon sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

U Turkiya delegatsiyasi tarkibida Toshkentga tashrif buyuradi va boshqa turk aktyorlari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Joriy yilning 15-sentyabr kuni Forumlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan «Turk kinosi kunlari» shular jumlasidandir.

Turkiya delegatsiyasi Toshkentda bir qator filmlar namoyishini o‘tkazib, 16-sentyabr kuni Urganch shahriga jo‘nab ketadi va u yerda ham 2 kun davomida o‘z filmlarini namoyish etadi.

Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxalikovga ko‘ra, turk seriallaridagi aktyorlarning kinofestivalga tashrifi Toshkent shahar hokimligining ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Burak O‘zchivit  2019-yili ham Toshkentga kelgan va u bilan 2,5 soatlik kechki ovqat marosimida o‘tirish va birga tanovul qilish uchun o‘zbekistonliklar qariyb 377 ming AQSh dollari to‘lagan edilar.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring