BMT G‘azodagi holatni «halokatli» deb atadi
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori o‘rinbosari Karl Skau G‘azo sektoridagi holatni tinch aholi uchun «halokatli» deb atadi.
Uning ta’kidlashicha, Isroilning davom etayotgan hujumlari tufayli G‘azo sektoriga zarur oziq-ovqat yordamini yetkazib berish deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan.
«G‘azoning markaziy va janubiy qismida to‘qnashuvlar kuchaygani sababli tinch aholi qurbonlari soni halokatli darajada bo‘lmoqda», — deydi u.
Rafah nazorat-o‘tkazish punkti 7 maydan, ya’ni Isroil armiyasining mintaqada quruqlikdagi amaliyoti boshlanganidan beri yopilgan. Rafah mojaro boshlanganidan beri G‘azo aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun ochilgan yagona nazorat punkti edi. Chegara darvozalarining yopilishi insonparvarlik yordami oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter