Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibi G‘azoda ocharchilik boshlanishidan ogohlantirdi

BMT bosh kotibi G‘azoda ocharchilik boshlanishidan ogohlantirdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, G‘azo sektoridagi kamida 1,1 million kishining oziq-ovqat zahiralari tugab qolgan va halokatli ocharchilik xavfi ostida. Uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

«G‘azodagi barcha falastinliklarning yarmidan ko‘pi, 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini to‘liq tugatgan va halokatli ocharchilik xavfi ostida», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «G‘azodagi falastinliklar dahshatli g‘azab va azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqda».

«Men Isroil hukumatini G‘azoga insonparvarlik yuklari uchun to‘liq va to‘siqsiz kirishni ta’minlashga chaqiraman», dedi Guterrish.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat insonparvarlik sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida so‘nggi besh oy davomida Isroil bombardimonlari oqibatida 12300 dan ziyod bolalar halok bo‘ldi. Bu oxirgi to‘rt yil ichida butun dunyodagi urushlarda halok bo‘lgan bolalar sonidan (12193 nafar) ham ko‘proqdir.

Mazkur raqamlarni ochiqlagan BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha bosh komissari Filipp Lazzarini G‘azoda zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qilgan.

Xalqaro tashkilot vakili bolalar o‘limi ko‘rsatkichining oshib borayotganini «larzaga soluvchi» holat deb baholagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring