Berlin politsiyasi cherkovda janjal ko‘targan odamni o‘qqa tutdi
![Berlin politsiyasi cherkovda janjal ko‘targan odamni o‘qqa tutdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4241517345.jpg)
Politsiya xodimi Berlindagi bosh cherkovda janjal chiqargan kishiga o‘t ochdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar tarqatgan.
«Berlindagi katta cherkovda bizning jamoa soat beshlar atrofida janjalchiga o‘q uzgan. U oyog‘idan yaralangan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Berlindagi bosh cherkovda otishma sodir bo‘lgani, politsiya xodimi o‘t ochgani haqida xabar bergan edik.
Oqibatda kamida 2 kishi jarohat olgan.
Aprel oyida politsiya xodimlari qo‘poruvchilik qilmoqchi bo‘lgan 4 kishini Berlinda o‘tkazilgan marafonda hibsga olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter