Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bedarak yo‘qolgan sportchi qiz topildi

Bedarak yo‘qolgan sportchi qiz topildi

Moskva politsiyasi bir kun oldin bedarak yo‘qolgan figurali uchish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Rossiya chempioni Alina Gorbachevani topdi, deb xabar berdi Rossiya IIV matbuot kotibi.

Moskva prokuraturasining aniqlik kiritishicha, 16 yoshli sportchi qiz uchuvchi savdo markazlaridan biridagi kinoteatrdan topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unga nisbatan «hech qanday noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilmagan», uning hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Alina Gorbacheva 28 avgust kuni mashg‘ulotdan so‘ng g‘oyib bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring