«U sheriklarini «Tolibon»ga tashlab, davlat pulini o‘g‘irlab ketdi» — Ashraf G‘anining qochish tafsilotlari
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan ketgan kuni hukumat majlisini rejalashtirgan, ammo rasmiylar uni kutib turgan paytda mamlakatdan chiqib ketgan.
Bu haqda Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Akbar RIA «Novosti»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«G‘ani nafaqat tarafdorlarini taqdirning hukmiga qoldirib qochdi, balki budjet pullarini ham o‘g‘irladi, talon-taroj qildi. Uning hech bir o‘rinbosari uning qochishni rejalashtirganini bilmas edi», — dedi diplomat.
Akbarning aytishicha, Ashraf G‘anining maslahatchisi Mudofaa vazirligiga qo‘ng‘iroq qilib, soat 16 da yig‘ilishga kelishini aytgan. Hamma yig‘ilishga kelgan, lekin aynan shu vaqtda G‘ani va uning qarindoshlari bo‘lgan uchta samolyot Kobul aeroportidan xorijga uchib ketgan.
Diplomatning fikricha, G‘anining qilmishlari toliblar tomonidan hokimiyatni egallash jarayonini tezlatgan, chunki u sadoqatli amaldorlarni ishdan olib, o‘rniga korrupsionerlarni joylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ashraf G‘ani 15-avgust kuni Kobuldan chiqib ketgan va u ayni damda BAAda bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter