Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ashraf G‘ani hukmronligi so‘ngida «yanglishib» Tojikistonga 786 ming dollar o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

Ashraf G‘ani hukmronligi so‘ngida «yanglishib» Tojikistonga 786 ming dollar o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasi hisobiga «yanglishib»  o‘tkazib yuborilgan qariyb 800 ming dollarni talab qildi. Afg‘oniston elchisi Muhammad Zohir Agbar bu mablag‘ ularga qaytarilmasligini aytgan.

Bu haqda RIA Novosti ma’lum qilmoqda.

Davlat to‘ntarishi paytida Afg‘onistondan qochib ketgan prezident Ashraf G‘ani hukmronligining so‘nggi kunlarida Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasiga 786 ming dollar «xatolik» bilan o‘tkazilgan va hozirda Tolibon pullarni qaytarib berishni talab qilib xat jo‘natgan.

«Tolibon» bu deyarli 800 ming dollarni qaytarishni talab qilishga haqqi yo‘q, chunki Afg‘oniston elchixonasi Afg‘oniston Islom Respublikasining rasmiy diplomatik departamenti hisoblanadi», —degan elchi. 

U elchixona «Tolibon»ni tan olmasligini eslatib o‘tgan.

«Biz deyarli butun dunyo kabi Tolibonni rasman tan olmaymiz va ular bizdan qonuniy hukumatning pullarini qaytarishimizni talab qilishi o‘rinsiz. Hozir biz (elchixona) kichik bir Afg‘onistonmiz, ko‘p sonli fuqarolarimiz shu yerda yashab, ishlaydi. Dushanbeda 10 mingga yaqin afg‘onlar yashaydi va ishlaydi, biz ularga yordam bera olamiz», — dedi Agbar.

Avgust oyi boshida Tolibon afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15 avgustda Kobulga kirib, ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring