Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli afg‘on qo‘shiqchisi Ashraf G‘aniga ochiq xat yozdi

Taniqli afg‘on qo‘shiqchisi Ashraf G‘aniga ochiq xat yozdi

Taniqli afg‘on qo‘shiqchisi Farhod Daryo Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘aniga ochiq xat yozgan va unda keskin gaplar bilan murojaat qilgan.

«Qaysi organ qurolli kuchlarga taslim bo‘lish va qurollarni topshirish haqida buyruq bergan? Yaxshi tayyorlangan 3 ming kishilik qo‘shinning tarqalib ketishida kim bosh aybdor?», deya savol yo‘llagan qo‘shiqchi.

Uning aytishicha, respublikaning qulashi harbiy emas, balki ruhiy sababdan bo‘lgan, sotqinlik va ma’lum guruhlar tomonidan oldindan rejalashtirilgan fitna tufayli yengilgan. U Ashraf G‘anidan afg‘on xalqi boshiga tushgan musibatlarni tushuntirib berishni talab qilgan.

«Siz o‘z vatanini sevgan ularning tomog‘iga to‘pponcha va xanjar tirashlariga yo‘l qo‘yib berdingiz, o‘zingiz esa uzoqdan jim tomosha qildingiz», degan Daryo sobiq afg‘on hukumati vakillarininng o‘ldirilishi va qizlar uchun maktablarning yopilishi haqida yozarkan.

Farhod Daryoning ochiq xati Ashraf G‘ani Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan murojaatiga javoban yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda afg‘on sobiq rahbarining audiomurojaati tarqalgan: «Afg‘oniston tarixning xavfli bosqichida turibdi. Hokimiyatning monopollashuvi vaziyatni yanada murakkablashtiradi», degan u.

Xonanda ushbu murojaatga javoban shunday yozgan: «Qaysi jinoyat va gunohlar uchun hammani va hamma narsani bir kechada qancha pulga sotib yuborganingizni odamlar bilishni istaydi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring