AQShdagi prezident saylovi arafasida Yerga asteroid yaqinlashadi
![AQShdagi prezident saylovi arafasida Yerga asteroid yaqinlashadi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2809202001.jpg)
NASA bo‘linmalaridan birining sayti xabar berishicha, 2-noyabrda — AQSh prezidentligi uchun saylovdan bir kun avval Yerga 2018 VP1 asteroidi minimal masofada yaqinlashadi.
Ushbu asteroid 2018-yilning 3-noyabr kuni kashf etilgan.
Asteroid «Apollonlar» oilasiga mansub, ya’ni yo‘nalishi Yer orbitasi bilan tutashadi.
Osmon jismidan xavotirlanish uchun asoslar juda oz. U bizdan 383 ming kilometr olislikda uchib o‘tib ketadi. NASA asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimolini 0,41 foiz deya baholagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter