AQSh o‘zi qo‘ygan noxush rekordni yangiladi

AQShda «COVID-19» bilan kasallanganlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqida «Reuters» nashri xabar bermoqda.
Kecha mamlakat bo‘ylab 136 mingdan ziyod kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu o‘tgan yili yanvarda o‘rnatilgan rekorddan 4 mingtaga ko‘pdir. AQShda hafta boshida jami 1,13 million kishining koronavirus testlari salbiy chiqqan.
AQSh Sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat jiddiy choralar ko‘rishga kirishgan, xususan, Chikagoda maktablar 4 kunga yopilgan.
Kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati emlanmaganlar ekanligi e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida AQShda ro‘yxatga olingan kasallar soni 1,06 million nafarga yetgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter