Amirliklar Isroilga qarshi boykotni rasman bekor qildi
Birlashgan arab amirliklari hukmdori bugun, shanba kuni Isroilga qarshi boykotni bekor qilish haqida farmon chiqardi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.
Har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mo‘’tadillashtirish maqsadida AQSh vositachiligida kelishilgan bitim asosida ushbu qarorga kelingani aytilmoqda.
BAA davlat axborot agentligi — WAM xabariga ko‘ra, Abu-Dabi hukmdori, BAA davlati yetakchisi Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon buyrug‘i asosida ushbu qadam tashlandi. WAM xabariga ko‘ra, yangi farmon Isroil fuqarolari va kompaniyalariga BAAda biznes yuritish imkoniyatini beradi.
Eslatib o‘tamiz Arab davlatlari ligasi (Misr, Falastin muxtoriyati va Iordaniyadan tashqari) tomonidan Isroilga qarshi boykot hali bu davlat tashkil topmasdan burun (1945-yilda) e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter