Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar miya shikastlanishida yordam beruvchi yelim ixtiro qilishdi

Olimlar miya shikastlanishida yordam beruvchi yelim ixtiro qilishdi

Jorjiya universiteti (AQSh) olimlari miya shikastlanishi natijasida nogironlikka uchragan insorlarga qanday yordam berish mukinligini aniqladilar. Bu haqda Science Advances jurnaliga tayanib Mir24 xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, miyaning shikastlangan qismlarini yopishtirish mumkin. Olimlar bunday jarohatlarni tezda tiklashga yordam beruvchi «gidrogel»ni o‘ylab topdilar. Bundan tashqari, rivojlanish zararlangan neyronlarning yangilanishiga ham yordam beradi.

Miya yelimi sinovlari allaqachon kalamushlarda samarali natija ko‘rsatgan. «Yelim yordamida kemiruvchilar jarohatdan tezroq tiklandi. Bundan tashqari funksional neyronlar ham qayta tiklanganiga guvoh bo‘ldik»,- deydi mutaxassislar.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida innovatsion ixtiro odamlarda miya shikastlanishlarini davolashda keng miqyosda qo‘llanila boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring