Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik mashhur siyosatchi go‘r og‘zidan qaytdi (foto)

Amerikalik mashhur siyosatchi go‘r og‘zidan qaytdi (foto)

An’anaga ko‘ra hafta davomida ro‘y bergan eng muhim 7 hodisani yodga olamiz.

1. Curiyalik darbadar oilalar turk–yunon chegarasida. Curiyada vaziyat keskinlashgach, qochqinlar soni yanada oshadi. Bir necha million suriyalikni bag‘riga olgan Turkiya yangi qochqinlarni qabul qilishga tayyor emasligini bildirib, Yevropa ittifoqi bilan chegaralarni ochib yubordi.
Foto: «AP»
2. AQSh prezidentligiga nomzod, sobiq vitse-prezident Jo Bayden saylovchilar davrasida muzqaymoqxo‘rlik qilmoqda. So‘nggi oylarda demokratik partiya vakili bo‘lgan siyosatdonning reytingi keskin pasayib, saylovda nomzod bo‘lishi ham savol ostida qolgan edi. Ammo kutilmaganda «Cuperseshanba» deb atalgan ovoz berishlar yakunida u prezident Donald Trampning asosiy raqibiga aylandi. «Men go‘r og‘zidan qaytdim» dedi g‘alabadan mamnun Bayden.
Foto: «Reuters»
3. Braziliyaning janubi-sharqiy muzofotlarida bir necha kun davomida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida 20 ga yaqin kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab odam dom-daraksiz yo‘qoldi.
Foto: «AP»
4. Koronavirusdan yurak oldirib qo‘ygan xitoyliklar hatto jonivorlarga ham gigiyenik niqob taqmoqda. Ayni paytda Covid-19 epidemiyasi dunyoning 90 mamlakatiga yoyilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xastalikdan 3400 kishi vafot etdi, virusga chalinganlar soni 105 mingdan oshib ketdi.
Foto: «Reuters»
5. G‘azoning Nuseyrat lageri novvoyxonasida yuz bergan yong‘inda 11 kishi nobud bo‘ldi, 53 kishi jarohatlandi. Gaz balloni portlashi oqibatida yuzaga kelgan yong‘in jafokash falastinliklar uchun ikki karra kuchli sinov bo‘ldi.
Foto: «Anadolu Ajansı»
6. Akrobat Nik Vallenda Nikaraguadagi Masaya vulqoni ustida tortilgan salkam 600 metrli dor ustida. Shu tariqa u Masaya vulqoni ustidan o‘tgan ilk dorbozga aylandi.
Foto: «AFP»
7. Rossiyaning Buyuk Novgorod shahrida Maslenitsa munosabati bilan o‘tkazilgan bellashuvdan lavha. Maslenitsa – sharqiy slavyan xalqlarida qish tugab, ko‘klam kelishi arafasida nishonlanadigan qadimiy bayram. Foto: «AP»

S.Salim tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring