Alisher Usmonov Britaniya boylari reytingida yuqoriladi
«The Sunday Times» nashri talqiniga ko‘ra, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Buyuk Britaniyadagi eng boylar reytingida yettinchi o‘ringa ko‘tarildi.
USM xoldingi («Metalloinvest», «Megafon» va «Mail.ru Group»ni birlashtirib turadi) xo‘jayini Alisher Usmonovning boyligini ekspertlar 11,68 mlrd. funt sterlingga (14,14 mlrd. dollar) baholashdi — bu o‘tgan yilgidan 412 mln. dollarga ko‘p.
Usmonov o‘tgan yili sakkizinchi o‘rinda edi. U TOP-10ga kiritilgan yagona rossiyalik.
Britaniyadagi eng boy tadbirkorlar reytingini elektr uskunalar chiqaruvchi «Dyson» kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeyms Dayson egalladi — 16,2 mlrd. funt sterling (19,6 mlrd. dollar).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter