Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Albaniyada zilziladan o‘lganlar 9 nafarga yetdi. Lekin vayronalar ostida bedarak ketganlar ko‘p (Foto)

Albaniyada zilziladan o‘lganlar 9 nafarga yetdi. Lekin vayronalar ostida bedarak ketganlar ko‘p (Foto)

Foto: «Photos.rg.ru»

Seshanba kuni Albaniyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi, deya xabar berdi mahalliy «Top channel» telekanali.

Seshanba kuni ertalab AQSh Geologiya xizmati (USGS) Albaniya poytaxti Tirana yaqinida 6,4 magnitudasi bilan yer qimirlagani to‘g‘risida xabar bergandi.

Seysmologlar ma’lum qilishicha, uning ortidan 5 magnitudadan yuqori silkinishlar davom etgan. Hukumat 300 kishining jarohat olgani haqida xabar berdi. Davlatdagi maktablar yopildi. Prezident Ilir Meta jarohat olganlar holidan xabar olish maqsadida Tirana markaziy gospitaliga keldi.

Golem rayonida mehmonxona vayronalari ostidan ikki kishining murdasi chiqdi. Uch kishi, jumladan, voyaga yetmagan qizcha Durresdagi bino qulashi natijasida halok bo‘lgan. Yana ikki fuqaro Tuman shahrida hayotdan ko‘z yumishdi. Bir kishi balkondan yiqilib o‘lgan.

Yaqinda yana bir murda Tuman shahridagi imorat vayronalari ostidan chiqarib olindi, — deya ma’lum qiladi telekanal.

Ta’kidlanishicha, ko‘p fuqarolar hanuz bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

Mahalliy OAVga ko‘ra, kuchli yer osti silkinishlari bevosita poytaxtda, shuningdek, epitsentrga eng yaqin joylashgan Durres shahrida ham sezilgan. Bir qancha binolar qulab tushgan, bu vayronalar ostida ham odamlar qolib ketgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Oldinroq Tiranadan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan ikkita turar joy binosi qulab tushgani, Durres yaqinidagi Kavaya shahrida yana ikkita imorat vayrona holga kelgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring