Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikaning yana bir davlatida prezidentga suiqasd fosh etildi

Afrikaning yana bir davlatida prezidentga suiqasd fosh etildi

Madagaskarda prezident Andri Radzuelina va bir necha amaldor hayotiga suiqasd tayyorlaganlikda gumon qilingan Fransiyaning ikki fuqarosi hibsga olindi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Ular nafaqaga chiqqan harbiylar bo‘lib, Madagaskardan Fransiyaga uchmoqchi bo‘lgan paytda aeroportda hibsga olingan.

«Bizda mavjud bo‘lgan ashyoviy dalillarga ko‘ra, bu odamlar turli madagaskarlik shaxslarni, shu jumladan davlat rahbarini yo‘q qilish rejasini ishlab chiqishgan», - dedi Madagaskar Bosh prokurori.

Ushbu shaxslar davlat xavfsizligiga tahdid solishda ayblanadilar.

Avvalroq, Malida ham prezidentga suiqasd harakati aniqlangan. Shuningdek, Gaiti prezidenti ham qurolli hujum oqibatida o‘ldirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring