COVID-19: Madagaskarda birinchi o‘lim holati qayd etildi
Madagaskarda koronavirus tufayli dastlabki o‘lim holati qayd etildi, deya xabar berdi «Orange actu Madagascar» portali.
Portalning ma’lum qilishicha, gap 57 yoshli erkak kishi haqida bormoqda. Bemorning o‘limi shanba kuni kechasi Madagaskar sharqida joylashgan Tuamasina shahrida qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 304 kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 114 nafari butunlay sog‘aygan.
Ma’lumot o‘rnida: Madagaskar — Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi Madagaskar orolida joylashgan davlat. Madagaskar Afrikaning sharqiy qirg‘oqlaridan Mozambik bo‘g‘ozi bilan ajralgan bo‘lib, kattaligi jihatidan dunyoda 4-o‘rinda turadigan orol hisoblanadi. Sohil bo‘ylab chegarasi 4828 km uzunlikka ega. Maydoni — 587 ming km², aholisi — 24,2 million kishi. Poytaxti — Antananarivu. Madagaskar bitta orolni egallagan dunyodagi eng katta davlat hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter