Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda tabiiy ofat natijasida 31 kishi halok bo‘ldi. 41 kishi bedarak yo‘qoldi

Afg‘onistonda tabiiy ofat natijasida 31 kishi halok bo‘ldi. 41 kishi bedarak yo‘qoldi

Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 74 kishi jarohatlandi va 41 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Afg‘onistonning «Ariana News» telekanali mintaqa rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Hozirda Afg‘onistonning 17 ta provinsiyasida kuchli yomg‘ir natijasida suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 604 dan ortiq turar-joy va yuzlab gektar yer vayronaga aylangan. Bundan tashqari, 250 bosh chorva mollari nobud bo‘lgan.

Mintaqadagi ayrim yo‘llar, jumladan, Bomiyon shahrini Kobul bilan bog‘laydigan avtomagistral yo‘l yopilib qolgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning iyul va avgust oylarida 5 hafta ichida Afg‘onistonda yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 1,5 ming kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring